13:36 / 21.05.2016
29843

MyTaxi: Farg‘onada taksi chaqirishning yangi turi ishga tushirildi

21 maydan boshlab Farg‘ona ko‘chalarida taksining yangi turi — MyTaxi xizmati ishga tushdi. Endi taksi xizmatidan foydalanish uchun hech qayerga qo‘ng‘iroq qilish yoki ko‘chada turib uni kutish shart emas.

Siz faqatgina qayerdaligingizni aniqlovchi dasturni telefoningizda ishga tushirishingiz kifoya qiladi. Bir tugma bosish orkali yaqindagi taksi xizmatingizga shay holatda paydo bo‘ladi.

MyTaxi ilovasi – haydovchi va yo‘lovchini o‘zaro bog‘laydigan xizmat turi. Zamonaviy texnologiyalar yordamida siz qisqa vaqt ichida taksi chaqirish imkoniga egasiz.

Narxlar bilan qiziqayapsiz, shundaymi?

3 kilometrgacha bo‘lgan masofaga 2500 so‘m. Qolgan har bir kilometr uchun 500 so‘mdan to‘lanadi.

MyTaxi faoliyatini boshlaganining ilk kunida kompaniya asoschisi Akmal Payziyev o‘z avtomobilida ishga tushdi! Soat 9:00 dan 15:00 ga qadar yo‘lovchilar MyTaxi rahbari boshqarayotgan taksini buyurtma qilishdi.

Xizmat asoschisi o‘z mashinasida yo‘lovchilar manziliiga bepul yetkazib qo‘ydi. Yo‘lovchilar esa yo‘lma-yo‘l o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va takliflarini bildirib o‘tishdi.

MyTaxi ilovasini App Store va Google Play orqali yuklab olishingiz mumkin:

— Android uchun yuklab oling: http://www.goo.gl/PTFQtO

— iPhone uchun yuklab oling: http://www.goo.gl/rJ7hSP

MyTaxi — Toshkent va Farg‘ona shaharlarida oson taksi chaqirish xizmati. Ushbu xizmatga buyurtma bering va buni do‘stlaringiz bilan ulashing.

Mavzuga oid
Top