16:56 / 21.05.2016
3425

Shri-Lanka prezidenti 500dan ortiq mahbusni amnistiya qarori bilan kechirdi

Shri-Lanka davlat rahbari Maytripala Sirisena, Budda dinining Vesak bayrami munosabati bilan 540 nafar jinoyatchini afv etish to‘g‘risidagi farmonga imzo chekdi. 

Sinxua agentligining xabar qilishicha, afv etilganlarning aksariyati yengil qoidabuzarliklar uchun jazolangan yoki sud tomonidan belgilangan jarimalarni to‘lay olmaganlardir. Amnistiya aktiga kirganlar safida, 70 yoshdan katta va 10 yildan ko‘p muddat mobaynida jazoni o‘tash joylarida bo‘lganlar ham bor. 

Hukumat rasmiylarining bayonotida ta'kidlanishicha, o‘g‘rilik, qotillik yoki ayollar va bolalarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lgan jinoyatchilar amnistiya ro‘yxatiga kiritilmagan.

Vesak — Buddaviylik dinining Txeravada yo‘nalishining asosiy bayramlaridan biri hisoblanadi. Vesak Shri-Lankadan tashqari Tayland, Myanma, Kamboja va Laosda ham bir kunda nishonlanadi.

Top