07:37 / 22.05.2016
5192

Everestda ikki alpinist halok bo‘ldi

Ikki alpinist dunyoning eng baland cho‘qqisi Everestni zabt etish vaqtida halok bo‘ldilar. Bu haqda Nepal Mountaineering Association’ga iqtibos keltirgan holda Deutsche Welle ma'lum qildi.

Fojia gollandiyalik ekstremal Erik Arnold va avstraliyalik ayol alpinist (nomi ma'lum qilinmagan) Everestdan tushayotganlarida yuz bergan.

Taxminlarcha, ular balandlikda kislorod yetishmasligi oqibatida kelib chiqadigan "tog‘ kasalligidan" halok bo‘lganlar. OAVning ma'lum qilishicha, ular "o‘lim hududi" deb nomlanuvchi, ya'ni havo maksimal darajada kam bo‘lgan hududga tushib qolishgan.

Alpinistlarning o‘limi joriy mavsumda Everestda yuz bergan birinchi fojiali hodisa bo‘ldi. O‘tgan yili 19 nafar alpinist zilzila ta'sirida yuz bergan qor ko‘chkisi oqibatida halok bo‘lganidan keyin cho‘qqiga ko‘tarilish taqiqlab qo‘yilgandi. Tog‘ joylashgan Nepal hukumati unga ko‘tarilishga yaqinda yana ruxsat bergandi.

Top