21:02 / 22.05.2016
4651

Xokkey bo‘yicha JChning bronza medallari uchun bahsda Rossiya AQShni 7:2 hisobida yengdi

22 may kuni Rossiya mezbonlik qilayotgan xokkey bo‘yicha jahon chempionatida uchinchi o‘rin uchun bahs o‘tkazildi. Unda Rossiya terma jamoasi AQShni qabul qildi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.

Moskvadagi «VTB Ledovom dvortse» muz saroyida o‘tkazilgan bahsda 7:2 hisobi qayd etildi.

Ikkita shayba Sergey Mozyakin tomonidan kiritilgan bo‘lsa, Yevgeniy Dadonov, Vadim Shipachev, Artemiy Panarin va Vyacheslav Voynov bittadan aniq zarba mualliflari bo‘lishdi.

Endi jahon chempionligi uchun Kanada va Finlyandiya terma jamoalari bir necha soatlardan keyin (Toshkent vaqti bilan soat 00:45) muzga tushishadi. Bu ikki jamoa turnirning chorak finalida to‘qnashishgan va unda finlar kutilmaganda 4:0 hisobida g‘alaba qozonishgandi. Finlar hali turnirda mag‘lubiyat neligini bilmay kelmoqda.

JCh-2016. Uchinchi o‘rin uchun bahs
Rossiya — AQSh — 7:2 (2:0, 3:1, 2:1)
1:0 — Voynov (Kalinin, Shirokov) — 06:23.
2:0 — Mozyakin (Datsyuk, Orlov) — 13:41 GB.
3:0 — Telegin (Datsyuk, Mozyakin) — 29:36.
4:0 — Dadonov (Panarin, Shipachev) — 32:49.
4:1 — Vatrano (Varsovski, Nelson) — 34:29 GB.
5:1 — Panarin (Belov, Chudinov) — 35:22.
5:2 — Vatrano (Varsovski) — 43:42.
6:2 — Mozyakin (Datsyuk) — 53:13.
7:2 — Shipachev (Dadonov, Panarin) — 59:53 GB.
Darvozabonlar: Bobrovskiy — Kinkeyd, Kondon.

Top