21:10 / 22.05.2016
4331

Hindistonda yuk mashinasi daraga tushib ketishi oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

Hindistonning shimoli-sharqidagi Vest Kameng okrugida pikapning daraga tushib ketishi oqibatida kamida 17 kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi jiddiy jarohat oldi. Bu haqda Arunachal-Pradesh shtati politsiyasi ma'lum qildi

"TATA pikapi hozircha noma'lum sabablarga ko‘ra bugun kunduzi Itanagara shtati poytaxtidan 350 km uzoqlikdagi Betchelling qishlog‘i yaqinida, baland tog‘lardagi yo‘ldan tushib ketgan. Cheti bo‘ylab yo‘l ketgan, 100 metr chuqurlikka ega dara to‘sib qo‘yilmagan bo‘lgan va mashina daraga tushib ketgan", deb aytdi politsiya vakili.

Mahalliy aholi tomonidan qutqaruv operatsiyasi boshlangan, politsiya va tez tibbiy yordam uzoqda joylashgani va hududga yetib borishning murakkabligi sababli anchagina kechikib yetib kelgan. Voqea joyida 17 kishi halok bo‘lgan, jarohat olgan 12 kishi yaqin oradaga shifoxonaga yetkazilgan. Arunachal-Pradesh shtati bosh vaziri shtat hukumati halok bo‘lganlar va jarohat olganlar oilalariga barcha zarur yordam ko‘rsatilishini aytgan.

Top