10:51 / 22.05.2016
8233

Ijtimoiy tarmoqda EgyptAir uchuvchisining dispetcher bilan so‘zlashuvi yozuvi tarqaldi

19 may kuni O‘rta Yer dengizi hududida qulab tushgan EgyptAir aviakompaniyasining Airbus A320 rusumli samolyoti uchuvchisining halokat arafasida olib borgan muloqoti yozuvi ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bu haqda CNN xabar tarqatgan.

Audioyozuvda uchuvchining ovozidan uning xotirjam bo‘lganini bilish mumkin. U yerdagilar bilan vaziyat borasida ma'lumot almashgach, dispetcherga xayrli tun tilagan.

Bundan oldinroq, ushbu samolyot halokati tafsilotlarini tekshirish uchun tuzilgan komissiya rahbari Ayman al-Muqaddam Misr tomoni Parijda uchuvchilarning fransiyalik dispetcher bilan muloqoti yozuvini so‘ragani haqida xabar berilgandi.

Parijdan Qohiraga MS804 reysi orqali uchayotgan layner 19 mayga o‘tar kechasi O‘rta Yer dengizi ustidan uchib o‘tayotgan vaqtda radarlardan yo‘qolgan edi.

Samolyot bortida 66 kishi bo‘lgan. Misr hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, ularning barchasi halok bo‘lgan.

Top