Quyosh batareyalarida harakatlanuvchi Solar Impulse 2 uchuvchisi Ohayo shtatida samolyotni qo‘ndirdi. Bu haqda loyiha tvitterida xabar qilindi.
“Uchuvchi Andre Borshberg bortda yoqilg‘i bo‘lmagan holda 17 soatlik parvozdan so‘ng Deyton shahrida samolyotni qo‘ndirdi”, - deyiladi xabarda.
“Quyosh samolyoti” uchun Deytonga qo‘nishni amalga oshirish ramziy ahamiyatga ega. Chunki aynan shu shahar insoniyat tarixida ilk aeroplan parvozini amalga oshirgan aka-uka Raytlarning vatani hisoblanadi.