11:58 / 22.05.2016
5643

O‘zbekiston Kubogida nimchorak final uchrashuvlari o‘tkazildi

21 may kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Kubogining nimchorak finali doirasida 6ta juftlik o‘rtasida javob uchrashuvlari o‘tkazildi. Bu uchrashuvlar natijalariga ko‘ra turnirning chorak finaliga yo‘llanma olgan 6 jamoa nomi ma'lum bo‘ldi. Endilikda, «Qo‘qon—1912», «Andijon», «Metallurg», «Mash'al», «Bunyodkor» va «Nasaf» klublari mamlakat kubogini qo‘lga kiritish uchun kurashni davom ettiradi.

Nimchorak finalning Toshkent derbisi maqomidagi bahsida «Obod» kubokning amaldagi finalchisi «Bunyodkor»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi. «Qaldirg‘ochlar» bir hafta oldin o‘tkazilgan birinchi uchrashuvda 2:2 hisobida durang natija qayd etgandi, ikkinchi uchrashuvdagi 2:1 hisobidagi g‘alaba jamoani keyingi bosqichga olib chiqdi.

Toshkent viloyati derbisida esa «Olmaliq» Bekobodning «Metallurg» klubidan har ikki uchrashuvda ham yengildi. Shuningdek, Qarshining «Nasaf» klubi ham nimchorak finalning har ikki o‘yinida zafar quchib, «Neftchi»ni musobaqadan chiqarib yubordi.

«Buxoro va «Paxtakor» klublari ishtirokidagi bellashuv 22 may kuni bo‘lib o‘tadi, «Lokomotiv»ning «O‘zDongJu» bilan o‘yini 8 iyun kuniga belgilangan.

O‘zbekiston Kubogi
1/8 final. Javob o‘yinlari
21 may, shanba

«Qo‘qon—1912» — «Navbahor» 1:1
Gollar: Oleksandr Pishur, 11 (0:1). Nosir Otaqo‘ziyev, 17 (1:1).
Dastlabki uchrashuv: 1:0

«Andijon» — «Qizilqum» 3:1
Gollar: Islombek Isoqjonov, 25 (1:0). Samandar Shodmonov, 29 (1:1). Ibrohim Rahimov, 69 (2:1). Bobur Akbarov, 79 (3:1).
Dastlabki uchrashuv: 2:2

«Olmaliq» — «Metallurg» 2:3
Gollar: Ergash Ismoilov, 9 (0:1). Ayubxon No‘'monov, 26 (0:2). Yaroslav Martinyuk, 33 (1:2). Farhod Tojiyev, 40 (2:2). Jasur Hakimov, 79 (2:3).
Dastlabki uchrashuv: 0:1

«Bunyodkor» — «Obod» 2:1
Gollar: Shahzod Nurmatov, 11 (1:0). Akrom Komilov, 41-avt (1:1). Sato Minori, 48 (2:1).
Dastlabki uchrashuv: 2:2

«So‘g‘diyona» — «Mash'al» 0:1
Gol: Shahboz Erkinov, 17 (0:1).
Dastlabki uchrashuv: 1:1

«Nasaf» — «Neftchi» 1:0
Gol: Bobur Abduxoliqov, 62 (1:0).
Dastlabki uchrashuv: 4:1

22 may, yakshanba
«Buxoro» — «Paxtakor»
Dastlabki uchrashuv: 1:0

8 iyun, chorshanba
«Lokomotiv» — «O‘zDongJu»
Dastlabki uchrashuv: 4:1

Top