09:50 / 23.05.2016
3924

69-Kann kinofestivalida britaniyaliklarning «Men, Deniyel Bleyk» filmi «Oltin palma yaprog‘i»ni qo‘lga kiritdi

Britaniyalik kinorejissyor Ken Louch ikkinchi marta Kann festivalining bosh sovrini - «Oltin palma yaprog‘i»ni qo‘lga kiritdi. U, «Men, Daniel Bleyk» (I, Daniel Blake) nomli filmi uchun shunday yuqori unvonga sazovor bo‘ldi.

Louch kinofestival tarixida ikki marta bosh sovrinni qo‘lga kiritgan sakkizinchi kinorejissyor bo‘ldi. Bundan avval, u 2008 yilda ham bosh mukofotni qo‘lga kiritgan edi. 

Festival Gran-prisi esa, kanadalik Ksave Dolanga, uning «Bu shunchaki qiyomat-qoyim» filmi uchun taqdim etildi.

Bundan tashqari, eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun mukofotni hakamlar ruminiyalik Kristian Munjiu («Bitiruv kechasi») va fransiyalik Olive Assayas («Shaxsiy xaridor»)ga topshirdi.

Kinoaktyor Jan-Per Leo esa Kann kinofestivalining «Faxriy palma yaprog‘i»ga munosib ko‘rildi.

Eng yaxshi ssenariy uchun mukofotni eronlik rejissyor Asgar Farhodiyga «Kommivoyajyor» filmi uchun berishdi. Shu filmdagi roli uchun eronlik Shahob Husayniy eng yaxshi aktyor, filippinlik Jaklin Joze esa eng yaxshi aktrisa deb e'tirof etildi.

Kann kinofestivali 11 maydan 22 mayga qadar o‘tkazildi.

Top