14:22 / 23.05.2016
4300

AQSh Vetnamga nisbatan qurol-yarog‘lar embargosini bekor qildi

AQSh prezidenti Barak Obamaning bayonot berishicha, AQSh ma'muriyati Vetnamga nisbatan joriy qilingan va "sovuq urush davri mahsuli" bo‘lmish embargoni bekor qilgan.

Associated Press agentligining xabar qilishicha, Amerika rahbari vetnamlik hamkasbi Chan Day Kuang bilan Xanoyda o‘tkazgan muzokaralaridan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida, shu haqda ma'lum qilgan. 

«Ushbu bosqichda, tomonlar o‘zaro ishonch va hamkorlikning yangi bosqichiga chiqdi», — degan prezident Obama. 

Shuning barobarida, Oq uy rahbari, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik yanada rivojlanishiga umid bildirgan. 

2015 yili ham AQSh, dengiz xavfsizligini ta'minlash maqsadida Vetnamga qurol-yarog‘lar yetkazib berishga oid embargoni qisman bekor qilgan edi.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.

Top