12:46 / 23.05.2016
3316

Yamanda 2ta portlash tufayli kamida 30 kishi halok bo‘ldi

Yamanning janubidagi Adan shahrida 23 may kunining birinchi yarmida 2ta portlash sodir etildi. Sky news telekanalining arab tilidagi versiyasi bergan ma'lumotga ko‘ra, bu portlashlar tufayli halok bo‘lganlar soni 30 nafarni tashkil qilmoqda.

Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, portlovchi qurilma o‘rnatilgan avtomobil hukumat armiyasi generali Abdulla as-Subeydining uyi yaqinida portlatilgan. Bu hududda armiyaga yangi chaqirilganlar yig‘ilgandi. Bundan tashqari, Adandagi harbiy lagerlardan birida bomba portlatilgan.

Yamanda bir tomonida sobiq prezident Abdulla Salohning tarafdorlari hamda shialar (husiychilar), ikkinchi tomonida mamlakatning amaldagi prezidenti Abd Rabbo boshliq sunniylar turgan tomonlar o‘rtasida nizolar 2014 yilning avgustida boshlangandi. Lekin 2015 yilning 26 martida qonuniy hukumatni qo‘llash maqsadida Yamanda Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya harbiy amaliyotlar boshlagach vaziyat yanada murakkablashdi.BMT ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan vaqt ichida 6,4 ming kishi qurolli to‘qnashuvlar tufayli halok bo‘lgan va 30 mingdan ortiq kishi halok bo‘lgan.Ayni vaqtda mamlakat poytaxti Sano isyonchilar qo‘lida qolmoqda. Arab koalitsiyasi 2015 yilning aprelida mamlakat janubidagi port shahar Adandan isyonchilarni quvib chiqargach, bu shaharga Abd Rabbo hukumati joylashgan va shahar Yamanning vaqtinchalik poytaxtiga aylangan.

Top