08:46 / 23.05.2016
12467

HTC 10 va Samsung Galaxy S7: qay biri chidamli?

Shu oyning boshida NTC 10 smartfonining chidamliligi sinovdan o‘tkazilgan edi. Sinov natijasida bu apparatni qo‘lda deyarli bukishning iloji yo‘qligi aniqlandi. Endilikda  PhoneBuff resursi HTC va Samsung flagmanlari ustida drop-test o‘tkazishga qaror qildi. 

Maxsus qurilma yordamida HTC 10 va Galaxy S7’ni to‘rt marta beton plita ustiga tashlashdi: orqa tomoni, pastki uchi, yon qismi va ekranini pastga qaratgan holda. Birinchi testdayoq Galaxy S7’ning orqa shisha qopqog‘i sinib ketdi, HTC 10 qurilmasining metalli qopqog‘i esa biroz tirnaldi. Pastki va yon tomonlama qulashda esa ikkala smartfon ham vazifani yaxshi bajara oldi va bir necha sezilmas zarblarga uchradi. 

Ekran bilan pastga uloqtirilganda esa har ikki smartfonning ham oynasi sinib ketdi. Bu holatda Galaxy S7 ekrani ishdan chiqib, keyin qurilmadan foydalanishning iloji bo‘lmadi. HTC 10 yoriqlardan hosil bo‘lgan «o‘rgimchak to‘ri»ga qaramay, odatdagidek ishlashda davom etdi. 

Qizig‘i shundaki, HTC 10’ning ekrani ishlashdan to‘xtamaganiga qadar 32 marta otib yuborilgan edi. PhoneBuff resursi HTC 10 qurilmasini o‘zining reytingidagi eng mustahkam smartfon deya e'lon qildi. Ikkinchi o‘rinda HTC One M9, uchinchida esa - Apple iPhone 6 joy egalladi.

Top