22:23 / 23.05.2016
4235

Hindiston o‘z fuqarolariga Liviyaga borishni taqiqlab qo‘ydi

Hindiston hukumati mamlakat fuqarolariga Liviyaga qanday maqsadda bo‘lishidan qat'iy nazar, istalgan safarlarni amalga oshirishni taqiqlab qo‘ydi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vazirligida ma'lum qilindi. 

Liviyada xavfsizlik bilan bog‘liq yuz bergan vaziyat, u yerda Hindiston fuqarolari xavfsizligi va hayotlariga tahdidlar sababli Hindiston hukumati hind fuqarolariga Liviyaga safar uyushtirishni taqiqlashga qaror qilgan. 

Bu taqiqlov 2016 yil 3 maydan amal qilmoqda.

Liviyada 31 martdan bosh vazir Fayoz as-Sarajim boshchiligidagi yangi milliy kelishuv hukumati o‘z ishini boshladi. Liviyaning ba'zi hududlari IShID bilan aloqador bo‘lgan jangarilar tomondan bosib olingan.

Top