12:31 / 23.05.2016
7607

Qirg‘iziston banki valyuta kursini barqarorlashtirish uchun 1,5 million dollar sotib oldi

Qirg‘iziston Milliy banki dollar sotib olish orqali shu oyda birinchi marta valyuta bozori holatiga ta'sir etdi. Bu haqda dushanba kuni respublika asosiy moliyaviy sozlagich ma'lumotiga asoslanib TASS xabar qildi. 

“Kelishuvning umumiy qiymati 1,5 million dollarni tashkil etdi”, - deyiladi hujjatda.

Ko‘pchilik ekspertlarning fikricha, bank tomonidan bunday choralar qirg‘iz so‘miga nisbatan dollar kursi pasayishini sekinlashtirish uchun amalga oshiriladi. Shunga qaramay, respublikada Amerika valyutasi arzonlashda davom etmoqda. Yil boshidan buyon dollar kursi 75 so‘mdan 68 so‘mga tushib qoldi. 

Umumiy hisobda, yil boshidan buyon Qirg‘iziston Milliy banki valyuta bozoridan 110,1 million dollar sotib oldi. Biroq yanvar oyida aksincha vaziyat kuzatildi: qirg‘iz so‘mi almashuv kursini mo‘'tadillashtirish uchun bank 65 million dollar sotishga majbur bo‘lgandi. 

Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili qirg‘iz so‘mi dollarga nisbatan 28,9 foizga arzonlagan. Shu davr mobaynida Milliy bank 373,2 million dollar sotishga to‘g‘ri kelgan. Qirg‘iziston Milliy banki zaxirasi 1,85 milliard dollar atrofida.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.

Top