20:23 / 23.05.2016
4782

Manba: «Zenit» Luchesku bilan 3 yillik shartnoma imzolaydi

70 yoshli ruminiyalik mutaxassis Mircha Luchesku «Zenit» bosh murabbiyiga aylanishga rozi bo‘lgan.

Hurriyet nashrining manbasi tasdiqlashicha, bugun murabbiy Sankt-Peterburgga borgan va jamoaning infratuzilmasi hamda kelgusidagi rejalari bilan tanishgan, yakunda u jamoa rahbariyati taklifini qabul qilgan.

U bilan 3 yillik shartnoma tuziladi va uning maoshi miqdori yiliga 5 mln yevroni tashkil etadi.

«Zenit»ning hozirgi bosh murabbiyi Andre Villash-Boash fevral oyidayoq shartnomasini uzaytirmasligi, yozda Rossiyani tark etishini e'lon qilgandi.

Keyingi vaqt davomida piterliklar rahbariyati Manuel Pellegrini va Fabio Kapello kabi murabbiylar bilan ham muzokaralar o‘tkazdi.

22 may kuni esa Mircha Luchesku 10 yillik faoliyatidan keyin "Shaxtyor" bosh murabbiyligidan ketdi va aynan u "Zenit" bosh murabbiyiga aylanishi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Top