14:37 / 23.05.2016
25390

Talabalari IELTSdan 7-8 ball olgan ushbu o‘quv markazida ingliz tili imtihonlariga tez va oson tayyorlanish mumkin

Deylik, nufuzli xalqaro tashkilot/korxonaga ishga kirmoqchisiz yoki chet el oliy ta'lim muassasasida o‘qishni davom ettirmoqchisiz. Universitet yoki ish beruvchiga deyarli hamma narsa ma'qul, faqat IELTS ballingiz haqida ma'lumot berishni so‘rashyapti. Sizda esa nafaqat IELTS sertifikati, balki bu sertifikatni qo‘lga kiritish uchun zarur tayyorgarlik ham yo‘q. Xavotirlanmang — Fast and Easy nodavlat ta'lim muassasasi Sizga bu masalada yordam beradi.

Fast and Easy?! U yerda nimani o‘rganaman?

Ingliz tilining barcha yo‘nalishlarida ta'lim xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan Fast and Easy nodavlat ta'lim muassasasi umumiy ingliz tili va IELTS bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Hozirgi vaqtda Fast and Easy bitiruvchilari Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti, Singapur menejmentni rivojlantirish instituti, Turin politexnika universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti kabi ilg‘or milliy va xalqaro oliy ta'lim muassasalarida tahsil olmoqda.

Bundan tashqari, O‘zbekistondagi aksar oliy o‘quv yurtlarining talabalari ingliz tilining barcha yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z bilimlarini mukammallashtirish uchun aynan Fast and Easy xizmatlarini tanlamoqda. Shuningdek, korporativ ta'lim yo‘nalishida Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, «Davlat belgisi» ishlab chiqarish korxonasi, Summus Finis baholash tashkiloti, Magnit Finans Audit tashkiloti, NGS neft-gaz sohasida xizmat ko‘rsatish korxonasi hamda «Sherdav Himoya» yuridik firmasi kabi nufuzli tashkilotlar bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

O‘qituvchilari yaxshimi?

Markazda ta'lim beruvchi o‘qituvchilar guruhi ingliz tilining barcha sohalarida chuqur bilim va tajribaga ega bo‘lib, chet el hamda O‘zbekistonning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olgan yoshlardan tarkib topgan. Masalan, IELTS tizimi bo‘yicha dars beradigan o‘qituvchilar ushbu tizimda eng kamida 8 ballik sertifikatga ega tajribali mutaxassislardir.

Nega boshqa bir o‘quv markaziga emas, aynan Fast and Easy’ga borishim kerak?

Birinchidan, haftasida besh marotaba 2 soatdan o‘tkaziladigan, maxsus dastur asosida tayyorlangan darslar yordamida ingliz tilini qisqa muddatda chuqur o‘rganish imkoniga ega bo‘lasiz. Ikkinchidan, Fast and Easy Sizning yalqovlik qilishingiz va sustkashlikka yo‘l qo‘yib, darslarni, berilgan topshiriqlarni bajarmasligingizga yo‘l qo‘ymaydi. Va, aksincha, o‘zining ilg‘or talabalarini turli ko‘rinishda muntazam rag‘batlantirib boradi. Uchinchidan, Fast and Easy mutaxassislari oliy o‘quv yurtlarini tanlash hamda o‘quv tizimini individual talablarga moslashtirish yuzasidan o‘z talabalariga bepul professional konsultatsiya beradi. Bundan tashqari, har shanba Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti hamda Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutining yetakchi o‘qituvchilari ishtirokida workshop tashkil qilinadi va bu Fast and Easy’da ingliz tili o‘rganuvchilar uchun yaratilgan sharoit va qulayliklarning bir qismi, xolos.

Yo‘q, birgina IELTS’ni o‘rganish uchun Toshkentga bora olmayman…

Bu muammo emas! Fast and Easy’ning nafaqat Toshkent shahri va Toshkent viloyatida, balki Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida ham filiallari bor. Ularda yaratilgan shinam sharoit va yoqimli muhit IELTS imtihonlariga zo‘r tayyorgarlik ko‘rish uchun faqat va faqat rag‘bat uyg‘otadi.

Fast and Easy NTM bosh ofisi va filiallari manzillari:

Bosh ofis (Yunusobod filiali)

Toshkent shahri, Amir Temur shoh ko‘chasi, 62-uy

Mo‘ljal: «Minor» metro bekati

Telefon: (+998-95) 145-04-11 / (+998-90) 998-39-00

Uchtepa filiali

Toshkent shahar, Chilonzor tumani, 11-daha

Mo‘ljal: Uchtepa soliq inspeksiyasi

Telefon: (+998-94) 605-11-08 / (+998-90) 963-30-96

Chirchiq filiali

Chirchiq shahri, Navoiy, Atsipenko ko‘chasi, 2-uy

Telefon: (+998-93) 973-77-79

Samarqand filiali

Samarqand shahri, Bog‘i shamol mavzesi, «Sharqoniy Samarqand»

Mo‘ljal: «Sifat» do‘koni

Telefon: (+998-97) 929-06-86

Kattaqo‘rg‘on filiali

Kattaqo‘rg‘on shahri, 13-maktab

Mo‘ljal: Eski shahar

Telefon: (+998-93) 726-65-55 / (+998-90) 502-65-55

Farg‘ona filiali

Farg‘ona shahri, A.Navoiy ko‘chasi, 29-A uy.

Mo‘ljal: «Nurhon» kinoteatri

Telefon: (+998-91) 650-48-00 / (+99891) 650-84-00

Reklama huquqi asosida. Xizmatlar litsenziyalangan. Fast and Easy NTM xizmat ko‘rsatadi.

Top