17:28 / 23.05.2016
5134

Turkmaniston Prezidenti turkman gilamlarini ulug‘lab kitob yozdi

Turkmanistonda, Respublika prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov qalamiga mansub, turkman gilamlari haqidagi «Samoviy ko‘rkamlik» nomli kitob nashr etildi, deb xabar qilmoqda "Turkmaniston: oltin asr" gazetasi. 

Davlat rahbari, o‘zining navbatdagi kitobini har yili may oyining oxirgi yakshanbasida nishonlanadigan Turkman gilami bayrami arafasida poyoniga yetkazgan. 

Berdimuhamedovning bu asari, uning joriy yilda chop etilayotgan to‘rtinchi kitobidir, deb qayd etmoqda RIA Novosti agentligi. 

Yanvar oyida, «Hikmatlar manbasi» , mart oyida «Choy — malham va ilhom», aprel oyida esa, mashhur axaltekin otlari to‘g‘risidagi «Otning jadal qadami» nomli kitoblari nashrdan chiqqan edi.

Top