20:35 / 23.05.2016
3711

Hummels «Bavariya» bilan 5 yillik shartnoma tuzdi

Dortmundning «Borussiya» jamoasi sobiq sardori Mats Hummels rasman «Bavariya» futbolchisiga aylandi. Bu haqda myunxenliklar jamoasi rasmiy sayti xabar tarqatdi.

Klublar ushbu 27 yoshli futbolchining transferi haqida 2 hafta oldin xabar qilishgan, bugun esa futbolchi bilan 5 yillik shartnoma tuzilgan.

Futbolchi 2008 yildan buyon dortmundliklar jamoasi safida o‘ynab kelayotgandi.

Tomonlar shartnomaning moliyaviy jihatlarini oshkor etishmagan. Futbolchining yangi jamoasidagi maoshi miqdoriga ham aniqlik kiritilmagan.

Top