11:00 / 24.05.2016
6537

Yer sayyorasining barcha foydali qazilmalarini yoqish nimalarga olib kelishi aniqlandi

Kanadalik geofiziklar foydali qazilmalarsiz Yer haqida so‘zlab berishdi. Olimlar sayyoradagi barcha tabiiy resurslarni yoqib yuborish atmosfera va iqlimga qanday ta'sir qilishini o‘rganib chiqishdi. Shu mavzuga bag‘ishlangan tadqiqot Nature Climate Change jurnalida chop etildi. 

Sayyoradagi qolgan yoqilg‘i manbalarini yoqish atmosferaga besh trillion tonna atrofidagi uglerodni chiqarib tashlashga hamda o‘rtacha haroratning 2300 yilga borib 6,4 - 9,5 darajaga o‘sishiga olib keladi.

Tinch okeanining tropik qismida yillik yog‘ingarchilik to‘rt barobar ko‘payadi, ammo Avstraliya, O‘rta Yer dengizi hududi atrofi va Janubiy Afrikada ikki barobar, Markaziy Amerika va Shimoliy Afrikada esa uch barobar kamayadi.

Olimlar tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqotda ulardan oldingi o‘tkazilgan izlanishlarga qaraganda atmosferaga uglerodning kelib tushish miqdori o‘zgargan. Yangi ma'lumotlarga ko‘ra, sayyoraning gazli qobig‘iga ikki emas, besh trillion tonna uglerod kelib tushadi.

Top