00:44 / 24.05.2016
4531

FIFA bosh kotibi o‘rinbosari o‘z lavozimidan bo‘shatildi

FIFA bosh kotibi o‘rinbosari Markus Kattner o‘z lavozimidan bo‘shatildi, deb xabar bermoqda tashkilot rasmiy sayti.

"Bosh kotib o‘rinbosari Markus Kattner o‘z majburiyatlaridan ozod etildi. FIFA ichki tergovi Kattner egallab turgan lavozimi bilan bog‘liq o‘z majburiyatlarini bajarishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yganini aniqladi. FIFA tafsilotlarga berilmaydi, biroq tegishli idoralar bilan hamkorlikni davom ettiradi", deyilmoqda xabarda.

Kattner yanvarda futbol faoliyatidan 12 yilga chetlatilgan Jyerom Valke o‘rniga FIFA bosh kotibi lavozimini vaqtinchalik egallab turgan edi.

Top