00:30 / 24.05.2016
7424

Internetda "Mustaqillik kuni 2" filmining kengaytirilgan treyleri paydo bo‘ldi

20th Century Fox kinokompaniyasi "Mustaqillik kuni" filmi sikvelining (davomi) yangi 4 daqiqalik treylerini chiqardi. Insoniyatning o‘zga sayyoraliklar bilan kurashi haqida so‘zlovchi filmda aktyorlar Jyeff Goldblyum, Bill Pullman, Liam Xemsvort, Sharlotta Gensbur suratga tushishgan. Film uning avvalgi qismi ekranlarga chiqqandan 20 yil o‘tib ekran yuzini ko‘rmoqda. Yangi filmda avvalgi qismda bosh rolni ijro etgan aktyor Uill Smit ishtirok etmagan.

Film 23 iyundan ekranlarga chiqariladi.

Top