16:51 / 24.05.2016
3163

Regbi bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionatining ikkinchi divizion bahslari yakunlandi

Toshkent viloyatidagi “Do‘stlik” stadionida regbi-15 bo‘yicha erkaklar o‘rtasida Osiyo chempionatining ikkinchi divizion bahslari yakunlandi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi, mamlakatimiz regbi federatsiyasi va Osiyo regbi uyushmasi (ARFU) hamkorligida tashkil etilgan musobaqada O‘zbekiston, Birlashgan Arab Amirliklari, Tailand va Guam terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Osiyo chempionatining ikkinchi divizion bahslari final uchrashuvi Birlashgan Arab Amirliklari va Tailand terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yinda Birlashgan Arab Amirliklari regbichilari raqiblarini 70:18 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Top