06:44 / 24.05.2016
4574

Singapur Qirg‘iziston bilan hamkorlikni kengaytirmoqchi

Singapur Qirg‘iziston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirmoqchi hamda Singapur investitsiyalarining Qirg‘iziston iqtisodiyotiga kelishiga ko‘mak beradigan davlatlararo kelishuvni imzolamoqchi. Bu haqda Singapur savdo va sanoat vaziri Ko Po Kun Qirg‘iziston bosh vaziri o‘rinbosari Oleg Pankratov bilan uchrashuvida aytib o‘tdi.

Ko Po Kunning fikricha, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama shaklda rivojlanishi kerak.

Pankratov Bishkekning savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishdan manfaatdorligini ta'kidlab o‘tdi va o‘zaro hamkorlik uchun katta salohiyat borligini aytdi.

"Singapur iqtisodiyotni modernizatsiyalash va davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish sohasida samarali islohotlar o‘tkazish borasida noyob tajribaga ega. Biz davlat boshqaruvi, logistika, industrial parklarni yaratish kabi yo‘nalishlar bo‘yicha yaqindan hamkorlik qilishga tayyormiz. O‘zaro manfaatli hamkorlik va savdo aylanmasini oshirish uchun salohiyat katta va undan ikki davlat uchun maksimal darajada unumli foydalanish kerak", deb aytdi Qirg‘iziston vakili.

Top