12:50 / 25.05.2016
7238

Xalq banki tomonidan 2016 yilning to‘rt oyi davomida 426,7 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi

O‘zbekiston Respublikasi aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan 2016 yilning to‘rt oyi davomida bank tomonidan barcha sohalarga jami 426,7 mlrd so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilgan. Jumladan, sanoat sohasiga 111,6 mlrd so‘m, qishloq xo‘jaligiga 93,7 mlrd.so‘m, savdo va umumiy ovqatlanish yo‘nalishiga 83,3 mlrd so‘m, transport va aloqalashtirish sohasiga 14,9 mlrd so‘m, qurilish sohasiga 29,3 mlrd so‘m, aholiga maishiy xizmat ko‘rsatish sohasiga 
1,1 mlrd.so‘m va boshqa tarmoqlarga 92,9 mlrd so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub'yektlariga shu davr davomida ajratilgan kreditlar miqdori 381,2 mlrd so‘mni tashkil etdi va Respublika bo‘yicha 2 538 ta qo‘shimcha ish o‘rini yaratilishi ta'minlandi.

Shuningdek, bank filiallari tomonidan 2016 yilning to‘rt oyi mobaynida berilgan mikrokreditlar hisobot sanasiga 155,7 mlrd so‘mni tashkil etdi, natijada qo‘shimcha 1 334 nafar ish o‘rini yaratildi. 

Xalq banki tomonidan tadbirkor ayollarning biznes-loyihalarini moliyalashtirish uchun jami 44,1 mlrd.so‘mlik kredit mablag‘i ajratildi. Jumladan, yakka tartibdagi tadbirkor ayollarga 

23,7 mlrd so‘m, asosan, ayollar mehnatidan foydalanadigan (ayollarning soni 50 foizdan yuqori bo‘lgan) va ayollar boshqaradigan mikrofirma, kichik korxona va fermer xo‘jaliklariga 20,1 mlrd so‘m va oilaviy chorvachilikni rivojlantirish uchun kam ta'minlangan ayollarga 319 mln so‘m miqdorida imtiyozli kreditlar ajratilishi ta'minlandi. 

Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga ajratilgan kreditlar 17,3 mlrd so‘m tashkil etdi. Islom xususiy sektorni rivojlantirish korporatsiyasi bilan bank o‘rtasida kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida tuzilgan shartnomaga asosan, 10 ta mijozga 13 mln AQSh dollari miqdorida mablag‘lari asbob uskunalar sotib olish uchun yo‘naltirildi.

Yurtimizda meva-sabzavotchilik tarmog‘ini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Surxondaryo viloyati Oltinsoy va Sariosiyo tumanlarida sabzavotlarni saqlash va ularni qayta ishlash bilan bog‘liq loyihalarni moliyalashtirish uchun, Surxondaryo viloyatida faoliyat yurituvchi 58 ta mijozning jami 1,1 mln AQSh dollari miqdoridagi loyihalari mazkur kredit liniyasi hisobidan moliyalashtirildi.

Top