19:54 / 25.05.2016
27591

Hindistonda yer yuzidagi eng og‘ir chaqaloq tug‘ildi

Hindiston janubida dunyodagi eng og‘ir chaqaloq-qizcha tug‘ildi, deb xabar bermoqda Daily Mail. Bolaning og‘irligi 6,8 kg.ni tashkil etdi. Gazetaning ma'lum qilishicha, odatda olti oylik bolalar mana shunday vaznga ega bo‘lishadi.

Chaqaloq dunyoga kesarevcha kesish yo‘li orqali dunyoga kelgan. Uning onasining yoshi 19 da. Ismi Nandini.
Bu bilan hindistonlik chaqaloq 2014 yilda AQShda 6,5 kg vaznda dunyoga kelgan chaqaloq rekordini yangiladi.
Ayni damda rekordchi chaqaloqqa shifokorlar qarab turishibdi. Bir necha kunlardan so‘ng, ona-bolaga javob berib yuborilishi kutilmoqda.

Top