22:47 / 25.05.2016
4456

Krishtianu Ronaldu: «PSJ»ga o‘tishim haqidagi gaplarni unuting, chunki «Real»dan yaxshisi yo‘q»

«Real» jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu As nashri muxbiriga bergan intervyusida futbolchilik faoliyatini qachon yakunlashi, shuningdek, madridliklar jamoasidan ketmoqchi emasligi haqida aytib o‘tdi.

– Siz «Real»da qolasizmi?

– Ha, men shunday o‘ylayman.

– Siz o‘z futbolchilik faoliyatingizni «Real»da yakunlamoqchimisiz?

– Faoliyatni yakunlash... O‘ylaymanki, men 15 yil ichida futbolchilikni aniq tashlayman. Taxminan 41 yoshimda butsalarimni mixga ilsam kerak.

– Sizning shartnomangiz muddati 2018 yilgacha. Uni Chempionlar ligasi finalidan keyin uzaytirmoqchimisiz?

– Ko‘ramiz. Yaxshisi bu borada Florentino Peresni eshitish kerak.

Bu «Real» uchun yaxshi yurish bo‘lar edi. Masalan, siz «Real» prezidenti o‘rnida bo‘lganingizda, men bilan shartnomani uzaytirarmi edingiz?

– Albatta.

– Men ham «Real»da qolishni istayman.

– Siz «PSJ» prezidenti bilan uchrashgandingiz, Loran Blan bilan gaplashgandingiz... Demak siz o‘z kelajagingiz borasida qat'iy qarorda emas ekansizda?

– Menda yaxshi kunlar va uncha yaxshi emas kunlar bo‘ladi. Hayot shunaqa. 4 yil muqaddam men o‘zimni baxtli his qilmay qo‘ygandim. Barchasi men istagandek emasdi. Lekin hozir barcha narsa meni qoniqtirmoqda va men shu jamoada qolishni istamoqdaman. Chunki, «Real»dan yaxshisi yo‘q.

– Demak «PSJ» haqida unutaverish kerakmi?

– Ha, bu haqda barcha unutishi kerak. Yana takrorlayman, «Real» – eng yaxshisi», – deydi Ronaldu.

Top