21:32 / 25.05.2016
3218

Mixaylovich «Torino»ga yangi bosh murabbiy sifatida tayinlandi

Joriy mavsumning ikkinchi davrasida  «Milan» boshqaruvidan iste'foga chiqarilgan mutaxassis Sinisha Mixaylovich yangi mavsumda «Torino» jamoasida bosh murabbiy sifatida ishlaydigan bo‘ldi.

Serbiyalik murabbiy bilan tuzilgan shartnoma 2 yilga tuzilgan.

47 yoshli mutaxassis 12 aprel kuni qoniqarsiz natijalar tufayli «rossonerlar» bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarilgan va uning o‘rnini Kristian Brokki egallagandi.

«Milan» Mixaylovichga shartnoma muddatidan oldin buzilgani uchun 1 million yevro miqdorida tovon puli to‘laydi.

Bundan oldinroq, Jampero Ventura «Torino» bosh murabbiyligini tark etgani ma'lum qilingandi. Ventura boshqaruvida jamoa mavsumda 12-o‘rinni egalladi. Uning nomi 2016 yilgi Yevropa chempionatidan keyin Italiya terma jamoasi rahbarligidan ketadigan Antonio Kontening o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan nomzodlar qatorida keltirilgan.

Top