22:12 / 25.05.2016
6819

«MYu»ning Mourino bilan muzokaralari to‘xtab qoldi

Joze Mourinoning «Manchester Yunayted»ga yangi bosh murabbiy sifatida tayinlanishi bo‘yicha muzokaralar to‘xtab qoldi. Bu haqda The Telegraph xabar bermoqda.

Manbaning ma'lumotiga ko‘ra, «Chelsi»ning sobiq murabbiyi homiylari va mankunianliklar jamoasi hamkorlari o‘rtasidagi ziddiyat tufayli muzokaralar qoldirilgan. Tomonlarning huquqshunosalari imijlardagi qarama-qarshiliklar tufayli muzokaralarni to‘xtatishga majbur bo‘lgan. Xususan, gap Mourinoning Jaguar avtomobillarini ishlab chiqaruvchi kompaniya bilan, shuningdek kazino xizmatlari ko‘rsatadigan va soat ishlab chiqaruvchi kompaniya (Hublot) bilan hamkorligi to‘g‘risida ketmoqda. «Manchester Yunayted» esa avtomobillar ishlab chiqaruvchi Chevrolet kompaniyasi bilan, shuningdek boshqa kazino hamda soat ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi brendlar (Bulova) bilan hamkorlik qiladi. 

Shuningdek, «Chelsi» murabbiyning nomidan 2025 yilgacha egalik qilish huquqiga ega. Bu muammoni hal qilish uchun manchesterliklar jamoasi londonliklar jamoasigi 6ta raqamli mablag‘ to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin.

2015/2016 yilgi mavsumni «MYu» beshinchi o‘rinda yakunladi va Lui van Gaalni iste'foga chiqardi. Mahalliy nashrlarda yaqin vaqt ichida uning o‘rniga Joze Mourino yangi bosh murabbiy sifatida tayinlanishi kutilayotgani haqida xabarlar berilmoqda.

Top