11:32 / 25.05.2016
3611

Nyu-York hukumati taksi haydovchilarining dam olish soatlarini aniq belgilab qo‘ymoqchi

Nyu-York shahri hokimiyati shahardagi taksi haydovchilarining ishlash soatlari va dam olish soatlarini aniq belgilab qo‘yishni rejalashtirgan. Yangi qoidalar Nyu-York limuzinlar va taksi xizmatlari komissiyasiga taklif qilingan.

Tahlilchilar haydovchilarning rulda bo‘lishi muddatini kuniga 12 soatdan ortiq bo‘lmasligini taklif qilishgan. Shuningdek, smenalar orasidagi farq kamida 8 soat bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Bu holda haydovchilar haftasiga 72 soat ish vaqtiga ega bo‘lishadi.

Shahar meri Bill de Blazio bunday modelni "amaliyotda qo‘llash uchun aql bilan ishlab chiqilgan" loyiha sifatida baholagan. U bu loyihaga ko‘ra, "haydovchilarning toliqib qolish muammosi" omilkorlik bilan bartaraf etilishi mumkinligini bildirgan.

Komissiya ma'lumotiga ko‘ra, Nyu-Yorkda to‘q sariq rangdagi taksilar xizmatlaridan kuniga 1 milliondan ortiq kishi foydalanadi. Taklifga ko‘ra, haydovchilarning ish haqlari miqdori odatdagi tartibda saqlanib qolishi choralari ko‘rilgan.

Top