18:03 / 25.05.2016
7104

Putin Savchenkoni afv etdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ukrainalik uchuvchi Nadejda Savchenkoni afv etdi. Bu haqda uning matbuot xizmati rahbari Dmitriy Peskov ma'lum qilgan.

Uning aytishicha, Rossiya prezidenti shu haqdagi farmonni imzolagan.

Rossiya Federatsiyasi kengashi spikeri Valentina Matviyenko ukrainalik uchuvchi rossiyalik harbiy asirlar Yevgeniy Yerofeyev va Aleksandr Aleksandrov bilan almashtirilganini bildirgan.

Aniqlik kiritilishicha, Savchenko o‘zi  o‘ldirgan VGTRK telekanali jurnalistlarining bevalari so‘roviga ko‘ra afv etilgan. Putin bevalar bilan 25 may kunining birinchi yarmida uchrashgan. Ular mart oyida Savchenkoga 22 yillik qamoq jazosi chiqarilganidan keyin prezidentga murojaat etishgani aytilgan.

Bundan oldinroq, Savchenko mingan samolyot Borispol aeroportiga qo‘ngani ma'lum qilingandi.

Nashrlarda yozilishicha, bu asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvga 24 may kuni "normand to‘rtligi" vakillari o‘rtasidagi telefon muloqoti chog‘ida erishilgan.

Top