18:40 / 25.05.2016
10233

Savchenkoning Borispol aeroportida qilgan nutqi videosi paydo bo‘ldi

Internetda asirlikdan ozod bo‘lib Ukrainaga qaytgan Nadejda Savchenko Kiyevdagi Borispol aeroportida jurnalistlar qarshisida irod etgan nutqi videosi paydo bo‘ldi.

U o‘z nutqida o‘zining ozod ekani haqida gapirgan.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenkoning matbuot kotibi Svyatoslav Tsegolkoning aytishicha, Savchenko aeroportdan chiqib, prezident bilan uning qarorgohida uchrashish uchun yo‘l olgan.

2 yil oldin Donbassda rossiyalik jurnalistlarni o‘ldirgani uchun qo‘lga olingan va 2016 yilning martida 22 yillik qamoq jazosiga mahkum qilingan Savchenko bugun Rossiya prezidenti tomonidan afv qilindi.

O‘z navbatida Rossiya Federatsiyasi Bosh razvedka boshqarmasining 2015 yilning mayida Donbassda ukrain harbiylari tomonidan asirga olingan jangchilari serjant Aleksandr Aleksandrov va kapitan Yevgeniy Yerofeyev Poroshenko tomonidan afv etilgan.

Natijada Ukraina va Rossiya o‘rtasida asirlar almashuvi yuz berdi.

Ayni vaqtda rossiyalik harbiylar ham Moskvaga qaytgan.

Bu asirlarni almashish bo‘yicha kelishuvga 24 may kuni "normand to‘rtligi" vakillari o‘rtasidagi telefon muloqoti chog‘ida erishilgan.

Top