18:20 / 25.05.2016
3759

Shell kompaniyasi ommaviy ravishda qisqartirishlarni davom ettirmoqda

AP agentligining xabariga ko‘ra, Royal Dutch Shell Plc neft giganti yil oxirigacha yana 2,2 ming xodimini ishdan bo‘shatishga qaror qilgan. 

Shunday qilib, kompaniya rahbariyati 2015 yildan 2016 yil oxirigacha bo‘lgan muddat ichida taxminan 12 ming xizmatchisini ishdan bo‘shatadi. 

«Bu sohamiz uchun eng qiyin damlardir. Va biz, neft narxi arzon bo‘lgan vaqtda raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun jiddiy qaror qabul qilishga majburmiz», — degan kompaniyaning Buyuk Britaniya bo‘yicha vitse-prezidenti Pol Gudfellou.

Royal Dutch Shell Plc, shu yilning aprelm oyida ham Niderlandiyadagi 2 mingga yaqin ishchisini lavozimidan ozod etishini bildirgan edi. 

2016 yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Royal Dutch Shell’ning sof daromadi 89 foizga tushib ketgan.

Top