15:36 / 25.05.2016
3906

Stiven King va yana 600dan ortiq amerikalik yozuvchi Trampga qarshi chiqishdi

Stiven King va Amerikaning 600dan ortiq yozuvchisi Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligi uchun nomzod milliarder Donald Trampga qarshi ekanliklarini bildirishdi. Ularning ochiq xati Literary Hub saytida e'lon qilindi. 

Murojaat mualliflarining qayd etishlaricha, ular bir ovozdan Tramp nomzodini ma'qullashmaydi. 

«Chunki, biz yozuvchilar, hokimiyatga ega bo‘lish uchun, til imkoniyatlari cheksizligini yaxshi anglaymiz», – deyiladi maktubda. 

Unda, shuningdek, «Demokratiya nomiga munosib har qanday jamiyat, plyuralizmga asoslangan holda, prinsipial kelishmaslikni olqishlaydi va dalillar asosida amalga oshirilgan tortishuvlar orqali aniq bir to‘xtamga kelishi haqida» so‘z yuritilgan. 

Yozuvchilarning yodga olishicha, Amerika tarixi, avval boshdanoq, mahalliy aholini qirish va irqchilik davrlari bundan istisno, turli qarashdagi insonlarni bir-biriga qarshi qayrash emas, balki ularni birlashtirish borasida yirik tajriba bo‘lgan. 

Bundan avval, AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter, Trampni hozirgi prezident Barak Obamaga nisbatan irqchilikda ayblagan edi.

Top