14:38 / 26.05.2016
2893

Hindistondagi kimyo zavodida portlash yuz berishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lib, 120 kishi jarohatlandi

Hindistonning Maxarashtra shtatidagi kimyo zavodida portlash yuz berishi natijasida kamida 3 kishi halok bo‘lib, 100dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu haqda mahalliy OAVga asoslangan holda «RIA Novosti» xabar bergan.

Portlash shtat poytaxti Mumbaydan 50 km masofada joylashgan Dombivali shahridagi kimyo zavodida sodir bo‘ldi.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, zavodda boyler — suv isitadigan qurilma portlagan va shundan so‘ng yong‘in kelib chiqqan. Portlash ovozi bir necha kilometrgacha eshitilgani va aholi o‘rtasida vahimaga sabab bo‘lgani aytilmoqda.

ANI agentligi ma'lumotiga ko‘ra, qurbonlar soni uch kishi, jarohatlanganlar soni 100 nafar. NDTV telekanaliga ko‘ra esa, 120 kishi jarohat olgani aytilgan.

Top