16:55 / 26.05.2016
5131

Klichko "Petro Poroshenko bloki" rahbarligidan ketish haqida ariza yozdi

Kiyev shahri meri Vitaliy Klichko "Petro Poroshenko bloki" rahbarligidan iste'foga chiqish haqida ariza yozdi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar tarqatdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, uning murojaati siyosiy kengash va partiya s'yezdida ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.

Manbaning yozishicha, uning o‘rnini Irina Gerashenko egallashi kutilmoqda.

Gerashenko esa bunday ehtimol haqida bilmasligini bildirgan.

Top