11:50 / 26.05.2016
8444

LG OLED TV televizorlari - ranglarning barcha jilosi jonlandi

OLED televizorlarini birinchi bo‘lib ishlab chiqargan LG kompaniyasi tasvir va ovoz sifatining eng yuqori pog‘onasini zabt etdi. Qora rangning o‘zgacha jilosi tufayli OLED televizorining boshqa ranglari shu qadar tiniq va yorqinki, hayotiylik hamda xayolot o‘rtasidagi chegara go‘yo g‘oyib bo‘ladi. 

OLED – displeylari innovatsion kelajakka qo‘yilgan dadil qadam. Ularning muhim jihati – piksellar qo‘shimcha yoritishni talab etmagan holda, o‘zi nur taratadi. OLED-texnologiyalar chindan ham yanada rangin, yorqin va hajmli tasvirlar yaratadi, bunday matritsali televizorlar esa ingichkaroq, yengilroq va ixchamroq. Piksellarning asosiy yoritgichi tasvirlarning yorqinlik darajasini nazorat qilish, bir-biriga hamda xona yorug‘ligiga moslashish imkonini beradi. 

Ekranda yoritish sezilarli darajada xiralashib ketadigan JK-displeylaridan farqli o‘laroq, OLED ekranida har bir pikselni mustaqil ravishda yoqish yoki o‘chirish mumkin. Natijada esa OLED-televizorlari hatto o‘ta yorqin obektlar tund qora qismlarga yaqin joylashgan bo‘lsa ham tasvirning har bir rangini aniq va tiniq uzata oladi. Bu ideal ko‘rinishdagi qora rangni ham yorqin ranglarni ham mukammal uzatib OLED televizorlarini HDR kontentlarini tomosha qilish uchun eng maqbul vositaga aylantiradi.

Shu yangi avlod televizorlarining ko‘rinishi ham o‘zgacha. OLED TV istalgan xonadonning bezagi bo‘la oladi. Televizor Full HD formatidan to‘rt barobar ustun bo‘lgan ULTRA HD formatini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa hatto yaqin masofadan tomosha qilganda ham o‘ta aniq va tiniq tasvir uzatilishini ta'minlaydi. 

OLED TV televizorlarida ekshn janridagi filmlarni tomosha qilish yanada maroqli. Siz biror lahza yoki kutilmagan harakatni o‘tkazib yubormaysiz. Axir LG OLED televizorlari LED televizorlaridan ta'sir tezligi tezkor. Bu esa dinamik sahnalardan tiniq va yorqin holda bahra olishga zamin yaratadi. 

Boshqa tomondan qaraganda kontrastligi o‘zgaruvchi avvalgi avlod uskunalaridan farqli ravishda OLED televizorlari tomosha qilish burchagidan qat'i nazar doimiy kontrastga ega. Televizor ideal darajada ingichka, axir u yerda ortiqcha narsalar yo‘q, ekranning o‘zigina bor. 

Televizor o‘rnatilgan «billur taglik» sharofati bilan ekran xuddi havo muallaq turgandek tasavvur uyg‘onadi. CINEMA 3D ko‘zoynaklari o‘ta yengil, batareykalari yo‘q, ko‘z oldida miltillamaydi – qulay va rohatli tomosha uchun mo‘ljallangan. O‘zini tartibga soluvchi piksellar funksiyasi evaziga 3D formatda film tomosha qilganda chalg‘ituvchi miltillash bo‘lmaydi, ko‘zlaringiz charchamaydi, haqiqiydek tuyuluvchi tasvirlardan lazzatlanish qoladi, xolos. 

2016 yil LG OLED televizorlari UHD Alliance tashkiloti tomonidan ekran hajmi, dinamik diapazon, yorqinlik, qora rang darajasi, ranglarning keng gammalari va ovoz sifati va boshqa jihatlarga nisbatan o‘rnatilgani yuqori talabli standartlarga munosibligi uchun taqdim etilgan Ultra HD Premium Seal belgisiga ega.

2016 yil televizorlari yangi lineykasi HDR va Dolby Vision™ texnologiyalari ko‘magida ishlab chiqilmoqda. OLED-televizorlarida HDR formati nafaqat sifatli tomosha qilish, balki tasvirlardan maksimal rohatlanish imkonini taqdim etadi. 10-bitli panel va 10-razryadli ajratish kuchlanishiga ega LG OLED-televizorlari mavjud milliard rang tuslarini jilolantira oladi va shu orqali dimamik diapazonni kengaytiradi. Dolby Vision texnologiyasi esa tasvirning yorqinligi, kontrastligi va ranglar uzatishini yangi darajaga olib chiqadi. Bu samaraga to‘liqroq va tabiiyroq yorqinlik diapazoni orqali erishiladi. 
 
Bu hali hammasi emas, 2016 yil OLED-televizorlari modellari LG Smart TV foydalanuvchilariga televizor turli-tuman imkoniyatlari qulay foydalanish imkonini beruvchi LG webOS 3.0 eng yangi platforma boshqaruvi kontenti bilan boyitilgan. 

Reklama huquqi asosida.

Mavzuga oid
Top