17:14 / 26.05.2016
9035

Mashhur kinoyulduzlar Jonni Depp va Jyennifer Eniston og‘ir kunlarni boshdan kechirmoqda

Joriy haftada Hollivud yulduzlari Jonni Depp va Jyennifer Enistonning onalari hayotdan ko‘z yumishdi.

ET Online'ning xabar qilishicha, Deppning onasi - Betti Syu Palmer - 20 may kuni Los-Anjyelesda uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng jon bergan. U 81 yoshda edi. 

Depp onasining o‘limini og‘ir qabul qilgan.

Tanasiga onasining ismini yozdirgan aktyor hozirda "Alisa oyna orti mamlakatida" filmiga bag‘ishlangan matbuot turida. 23 may kuni u Jimmi Kimmelning shousida ishtirok etdi. Bu vaqtda esa aktyorning turmush o‘rtog‘i aktrisa Ember Hyord ajrashishga ariza bergan. 

Enistonning onasi Nensi Dou esa 79 yoshida vafot etdi. Bu haqida Enistonning o‘zi US Magazine nashriga xabar bergan. Aktrisaning so‘zlariga ko‘ra, Dou ham uzoq vaqt kasallik bilan kurashib yaqin qarindoshlar va do‘stlari qurshovida hayotdan ko‘z yumgan.

Top