11:26 / 26.05.2016
14392

Oltinko‘l maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” jarangi...

Yurtimizning barcha ta'lim dargohlarida yuraklarni hapqirtirib - “So‘nggi qo‘ng‘iroq” sadolari yangradi. To‘qqizinchi sinfni bitirgan o‘quvchilar o‘zlari yoqtirgan kasbni tanlab o‘rta maxsus o‘quv yurtlari, ta'limning navbatdagi yo‘nalishi tomon yo‘l olgan bo‘lsalar, boshqalari uchun orziqib kutilgan yozgi ta'til mavsumi boshlandi.

Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 1-umumta'lim maktabida bu tadbir o‘zgacha shukuh bilan o‘tdi. Tadbir avvalida tuman hokimi vazifasini bajaruvchi Ulug‘bek Soliboyev bitiruvchilarga o‘z tabrigini yo‘lladi. So‘ng o‘quvchilar Ona Vatan, ustozlarni madh etuvchi she'r va qo‘shiqlar joy olgan konsert dasturi namoyish etdilar.

- Bu yil tumanimizdagi umumiy ta'lim muassasalarini 2700 nafar o‘quvchilar bitirmoqda,-deydi Oltinko‘l XTMFMT va TE bo‘limi mudiri Anvarjon Nazarov. Bulardan 140 nafari akademik litseylarda o‘qishni davom ettirishni niyat qilgan bo‘lsa, qolgan 2560 nafari kasb-hunar kollejlarida ta'limning keyingi bosqichini davom ettirishadi. Tajribali ustozlardan ta'lim va tarbiya olgan bitiruvchilarimizdan umidlarimiz bisyor. Niyatimiz, ular kelgusida yurtimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shadigan insonlar bo‘lib yetishsin

 

Elmurod ERMATOV, Andijon

Top