14:45 / 26.05.2016
5843

"Tolibon"ning yangi yetakchisi hukumat bilan muzokaralardan bosh tortgani haqidagi xabar yolg‘on bo‘lib chiqdi

"Tolibon" harakati vakili OAVda tashkilotning yangi rahbari mulla Haybatulla Oxunzodaning Afg‘oniston hukumati bilan tinchlik muzokaralari boshlashdan bosh tortgani haqidagi audioyozuv tarqalishiga munosabat bildirdi. Livandagi The Daily Star nashrida keltirilishicha, bu audioyozuv soxta bo‘lgan.

25 may kuni "Tolibon" dala qo‘mondonlaridan biri shunday audiyozuvni jurnalistlarga yetkazgan, unda rasmiy bayonot keltirilgani aytilgandi. Harakat vakillaridan biri audioyozuvni mulla Oxunzodaning yaqinlaridan biri Zabiulla Mujohiddan olganini aytgan.

Mujohid esa bu ma'lumotni inkor etgan va tolibonlar bu ishdagi aybdorni izlayotganini bildirgan.

"Tolibon" Afg‘oniston hukumati bilan muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi

Top