00:11 / 26.05.2016
7578

Turkmaniston vaqtinchalik xorijlik fuqarolarga chegaralarni yopib qo‘ydi 

Turkmaniston 29 maygacha mamlakatga soddalashtirilgan tartibda tashrif buyuruvchi xorijlik fuqarolar uchun kirishni taqiqlab qo‘ydi. Bu haqida Qozog‘iston yangiliklari axborot agentligi xabar bermoqda

"Chegara hududlarida qo‘shni respublika rahbarlarining tashrifi munosabati bilan Turkmaniston chegaralarida xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Shunga ko‘ra, 29 mayga qadar mamlakatga soddalashtirilgan tartibda tashrif buyuruvchi xorijlik fuqarolar uchun kirish vaqtinchalik ta'qiqlab qo‘yildi", — deyiladi xabarda.

Top