18:55 / 26.05.2016
5001

U-16 o‘smirlar o‘rtasidagi OCh final bosqichiga qur'a tashlandi

2016 yilning 15 sentabr – 2 oktabr kunlari Hindistonda bo‘lib o‘tadigan U-16 o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati final bosqichiga qur'a tashlandi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston U-16 o‘smirlar terma jamoasi musobaqaning "D" guruhida KXDR, Tailand hamda Yaman o‘smirlar terma jamoalariga qarshi o‘ynaydi.

Temur Olimxo‘jayev bosh murabbiyligidagi O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Falastin mezbonlik qilgan saralash turnirida muvaffaqiyatli ishtirok etgan hamda Osiyo Chempionati final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan edi.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi musobaqadagi ishtirokini 17 sentabr kuni Tailand terma jamoasiga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Temur Olimxo‘jayev jamoasi 2-turda 20 sentabr kun Yaman terma jamoasiga qarshi maydonga tushsa, guruh bosqichi so‘nggi turida 23 sentabr kuni KXDR o‘smirlar terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

U-16 o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati.
15 sentabr – 2 oktabr. Hindiston.
“A” guruhi: Hindiston, Eron, Saudiya Arabistoni, BAA
“B” guruhi: Avstraliya, Yaponiya, Vetnam, Qirg‘iziston
“C” guruhi: Janubiy Koreya, Malayziya, Ummon, Iroq
“D” guruhi: Shimoliy Koreya, O‘zbekiston, Tailand, Yaman

O‘zbekiston vakillari 17 sentabr kuni Tailand, 20 sentabr kuni Yaman, 23 sentabr kuni esa KXDR vakillariga qarshi o‘ynaydi.

Top