10:29 / 26.05.2016
6930

O‘g‘ri o‘g‘irlangan buyumlar bilan birga afv etish xatini tashlab ketdi

Kentukki shtati Frankfort shahri sherifi bir o‘g‘rining o‘g‘irlangan buyumlarni qaytarib, uzr so‘rab yozilgan xat bilan tashlab ketganini so‘zlab berdi. Bu haqida CNN xabar beradi. 

Ma'lum bo‘lishicha, yosh yigit Frankfortdagi qayiqlar bekatidan ponton qayiqni (vaqtinchalik ko‘prik va boshqa inshootlarni suvda ko‘tarib turish uchun xizmat qiladigan osti yassi qayiq yoki kema) o‘g‘irlab ketgan, yo‘ldan uch do‘stini olib daryoda suzishgan. Shundan so‘ng oshnalar qayiqlar bekatiga qaytishgan, u yerda yigitlar boshqa qayiqlardan televizor, spirtli ichimliklar va boshqa narsalarni o‘g‘irlashgan. Qayiqni esa bekatda qoldirishgan. 

Videokuzatuv kamerasida jinoiy qilmishlar muhrlanib qolgan. Politsiya ushbu kadrlarni Facebook sahifasiga joylashtirgan.

Sherifning aytishicha, bu ish kutilmagan samarani berdi. O‘g‘rilardan biri qayiqlar bekatiga kelib, o‘g‘irlangan buyumlarning barchasini ziyon yetmagan holda joyiga qo‘ydi va uzr so‘rab yozilgan xat ham tashlab ketdi. 

"Afsusdaman. Nima uchun bunday qilganimni bilmayman. Men aslida unday inson emasman. Biror marta shunday ish qilganimni eslay olmayman. Bu bilan hammasi hal bo‘lmasligini bilaman, ammo bu mening emas, sizning buyumlaringiz. Takror va takror afsusdaman", - deyiladi xatda. 

Sherifning ma'lum qilishicha, gumondor shaxslar hali hibsga olinmagan, lekin u uzr so‘rab yozilgan xat vaziyatni yumshatishi mumkinligini ta'kidlagan.

Top