08:28 / 27.05.2016
14973

Saudiya Arabistonida er o‘z xotiniga doyalik qilgan doktorni otib ketdi

Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahrida er o‘z xotinidan tug‘ruqni qabul qilgan doktorni otib ketdi. Bu haqda Gulf News xabar berdi. Tug‘ilgan chaqaloqning otasi tug‘ruqqa ayol kishi doyalik qilishi kerak deb hisoblagan.

Xabar qilinishicha, ota doktor Muhannad Al-Zabnining oldiga kelgan va unga farzandi tug‘ilishida doyalik qilgani uchun minnatdorlik bildirmoqchi ekanini aytgan. Ular bog‘da suhbatlashishgan, shu vaqtda er kiyimi ostida qurol chiqargan va doktorga o‘q uzib, voqea joyidan qochib ketgan.

Doktorni zudlik bilan palataga yotqizishgan. Jinoyatchi esa tez orada politsiya tomonidan qo‘lga olingan. Doktorning jarohati hayot uchun xavfli emasligi aytilgan.

Top