12:01 / 28.05.2016
3685

Fiji orollari sohasida 6,6 ballik yer silkinishi ro‘y berdi

AQSh geologiya xizmati xabar qilishicha, Fiji orollarining Tinch okeani sohillarida Rixter shkalasi bo‘yicha 6,6 ballik zilzila yuz bergan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, yerosti silkinishlari markazi mamlakat poytaxti Suvadan 572 km janubi-sharqda, 419,9 km chuqurlikda joylashgan.

Qurbonlar va vayronagarchiliklar xususida xabarlar yo‘q.

Top