17:47 / 28.05.2016
18343

Kuvaytda yirik ilon tok urishidan halok bo‘ldi

Fors ko‘rfazidagi hashamatli uyida to‘satdan elektr ta'minoti uzilib qolishidan hayratlangan kuvaytlik oila, bunga elektr tokidan o‘lib qolgan yirik ilon sabab bo‘lganini aniqlashganida, o‘zlarini yanada yo‘qotib qo‘yishdi. 

Uyning kabellari va asosiy kabel tarqatuvchi blokni ko‘zdan kechirgan oila boshlig‘i, uyni tashqarisida joylashgan tok qutisini tekshirib ko‘rishga qaror qilgan. 

“U qutini ochganida, o‘lib yotgan kattagina ilonni ko‘rib, dahshatdan hangu-mang bo‘lib qoldi”, deb yozadi Alanba haftaligi. 

“Ilon, aftidan hududdan o‘tayotib, kutilmaganda qutiga kirib qolgan. Shundan so‘ng, chiqishga uringan ilon kabelni tishlashi bilan tok urishidan halok bo‘lgan”.

Gazetaga ko‘ra, kuvaytlik erkak fuqaro mudofaasini chaqirgan va o‘lik ilonni ularga topshirgan.

Top