19:52 / 28.05.2016
4797

OAV: Xitoyda yuk mashinasi dafn marosimiga urilishi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Xitoyning Xunan viloyatida dafn marosimiga yuk mashinasi urildi. 28 mayda "Sinxua" axborot agentligining xabar berishicha, fojia oqibatida 2 kishi halok bo‘lgan va yana 17 kishi jarohat olgan. 

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, voqea Xuantan qishlog‘ida yuz bergan. Kamida 4 kishining ahvoli og‘ir deya baholanmoqda.

Ayni vaqtda voqea sabablari o‘rnatilmoqda. Yuk mashinasi haydovchisi hibsga olingan. Voqeaning qolgan tafsilotlari keltirilmagan.

Top