17:22 / 28.05.2016
7603

Shahar uchun mo‘ljallangan yig‘iluvchi elektroskuter

Ixcham elektron transport vositalari ko‘proq shahar ko‘chalarida shaxsiy qulaylik yaratish istagidagi foydalanuvchilarga tavsiya etiladi. Undan asosan do‘konlarga chiqish, sayr qilish, uydan bekatgacha bo‘lgan masofani tezroq bosib o‘tish va boshqa maqsadlarda foydalanish mumkin. Niderlandiyaliklarning GiGi elektroskuteri esa elektron transport vositalaridan o‘zining o‘tirish o‘rindig‘i, sifatli g‘ildiraklari va qulay yig‘iluvchi dizayni bilan ajralib turadi.

Uning orqa va old qismini bir-biriga yaqin qilib taxlasa bo‘ladi, rul kolonkasi esa teleskopik tizimning pastki qismga solinadi. Skuter bunday ko‘rinishda ikki kishining buyumlari uchun mo‘lljallangan chemodanga o‘xshaydi. Yig‘ish/o‘rnatishga 10 soniya vaqt ketadi. GiGi 100 kg gacha og‘irlikni ko‘tara oladi, 25 km/s maksimal tezlikda harakatlanadi va mashina yukxonasiga sig‘a oladi. Skuterda eng uzog‘i bilan 25-40 km masofni bosib o‘tish mumkin, bu esa sotib olingan akkumulyatorga bog‘liq. Standart rozetkadan foydalangan holda litiy-ionli batareyani 3.5 soat ichida zaryadlash mumkin. Elektroskuter kamchiligidan biri uning og‘irligi bo‘lib, 32 kg ni tashkil etadi. Narxi - 3 995 yevro. 


 

Top