14:46 / 29.05.2016
7661

Gruziyalik telejurnalist ish vaqtida daryoga cho‘kib ketdi

Gruziyada GDS telekanali xodimi Zviad Txelidze baxtsiz voqea qurboniga aylandi.

Telekompaniya tomonidan xabar qilinishicha, ushbu xodim Dushet tumani haqida lavha tayyorlash vaqtida halok bo‘lgan. Txelidze 28 may kuni Xada darasidagi daryoga tushib ketgan kamerasini suvdan chiqarib olishga harakat qilganida suvga cho‘kib ketgan.

Uni qidirish ishlariga 50 kishi jalb etilgan, bugun ertalab uning jonsiz jasadi topilgan.

Top