01:03 / 29.05.2016
4257

"Xall siti" Angliya premer-ligasiga qaytdi

"Xall siti" Chempionship pley-offi finalida "Sheffild Uensdey"ni yutib, Angliya premer-ligasiga qaytdi. APLga chiqish uchun final uchrashuvida "Xall" "Uembli" stadionida raqibini 1:0 hisobida yutdi.

Uchrashuvdagi yagona to‘pni 72-daqiqada o‘z hisobiga Muhammed Diame yozib qo‘ydi. Shu tariqa, APLdan 2014/15 yillardagi mavsumda chiqib ketgan "Xall" yana Angliyaning oliy divizioniga qaytdi.

"Xall" Chempionshipni 4-o‘rinda, "Sheffild" esa 6-o‘rinda yakunlagandi.

Angliya Chempionshipi. Pley-off. Final
Xall Siti – Sheffild Uensdey – 1:0
Gol
: Diame, 72 (1:0).

Top