20:39 / 29.05.2016
5547

Iroqda IShIDning 60 jangarisi yo‘q qilindi

Iroq qo‘shinlari IShIDning 60 nafardan ko‘p jangarisi yo‘q qilinganini ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Al Sumaria nashri.

Ta'kidlanishicha, jangarilar Xit shahriga hujum vaqtida yo‘q qilinganlar. 

Jang vaqtida 13 iroqlik askar halok bo‘lgan, qism sardori yaralangan.

24 may kuni Iroqning Al-Falluja shahri ko‘chalari IShID jangarilari tomonidan qurshab olingani ma'lum qilingandi.

Ma'lum qilinishicha, shaharni nazorat qiluvchi terrorchilar uni tark etmoqchi bo‘lgan aholini yo‘q qilishga buyruq olgan.

Top